«soliq kodeksi» tegli maqolalar


Deputatlar Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jarimani 98 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
2 aprel 2024, 16:44

Deputatlar Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jarimani 98 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Deputatlar Soliq kodeksining “qotil” nomini olgan 227−1-moddasini o‘zgartirish bo‘yicha qonunni qabul qildi. Bu modda yuzasidan jarima chorakdagi sof daromadning 100 foizidan 2 foizigacha kamayadi. Ma’lum bo‘lishicha, modda bo‘yicha 1,5 mingdan ortiq tadbirkor jarimaga tortilgan va 700 mlrd so‘m jarima solingan.

227−1-modda kuchga kirgandan buyon tadbirkorlarga jami 694 mlrd so‘m jarima qo‘llangan
27 fevral 2024, 15:59

227−1-modda kuchga kirgandan buyon tadbirkorlarga jami 694 mlrd so‘m jarima qo‘llangan

Davlat soliq qo‘mitasi 227−1-modda kuchga kirganidan buyon 1500 dan ortiq tadbirkorga nisbatan 694 mlrd so‘m jarima qo‘llanganini ma’lum qildi. Shundan 39 mlrd so‘mi undirilgan. Endilikda ushbu jarimalarning 98 foizi hisobdan chiqariladi.

227−1 modda bo‘yicha qo‘llangan jarimalar miqdorining 98 foizi hisobdan chiqariladi — SSP raisi
13 fevral 2024, 17:35

227−1 modda bo‘yicha qo‘llangan jarimalar miqdorining 98 foizi hisobdan chiqariladi — SSP raisi

Savdo-sanoat palatasi raisi 227−1 modda bo‘yicha tadbirkorlarga qo‘llangan jarimalar miqdorining 98 foizi hisobdan chiqarilishini ma’lum qildi. Avvalroq palata bu modda bo‘yicha 400 mlrd so‘mlik jarimani hisobdan chiqarishni nazarda tutuvchi prezident qarori loyihasini ishlab chiqqani xabar qilingandi.

2024-yilda soliqlar: nima o‘zgardi?
6 yanvar 2024, 21:24

2024-yilda soliqlar: nima o‘zgardi?

O‘zbekiston Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi. Spirtli ichimliklar, alkogol va tamaki mahsulotlari, benzin, qurilish materiallariga aksiz solig‘i stavkalari o‘zgarmoqda. Ichimliklar uchun aksiz solig‘i, shuningdek, yangi yig‘imlar joriy etilmoqda. Soliqlar bo‘yicha o‘zgarishlar — “Gazeta.uz” sharhida.

Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo muddati 5 yildan 3 yilga qisqartirildi
5 yanvar 2024, 11:30

Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo muddati 5 yildan 3 yilga qisqartirildi

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 1-yanvardan soliq organlari tadbirkorlik subyektlarining so‘nggi 5 yil emas, balki 3 yil davomidagi faoliyatini tekshirishi mumkin. Shuningdek, kameral tekshiruv o‘tkazish tartibi ham o‘zgardi.

Biznesning 400 mlrd so‘mlik jarimalari hisobdan chiqarilib, Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jazo yengillashishi mumkin
19 dekabr 2023, 21:01

Biznesning 400 mlrd so‘mlik jarimalari hisobdan chiqarilib, Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jazo yengillashishi mumkin

Savdo-sanoat palatasi prezident qarori loyihasini ishlab chiqdi, unga ko‘ra tadbirkorlik subyektlariga “amnistiya” e’lon qilish va Soliq kodeksining 227−1-moddasiga asosan belgilangan 400 mlrd so‘mlik jarimani hisobdan chiqarish rejalashtirilgan. Moddada belgilangan jazoni yengillashtirish ham taklif etilmoqda.

O‘zbekistonda professional futbol klublari ijtimoiy soliqdan boshqa barcha soliqlarni to‘lashdan ozod etildi
19 iyul 2023, 11:01

O‘zbekistonda professional futbol klublari ijtimoiy soliqdan boshqa barcha soliqlarni to‘lashdan ozod etildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, “Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari 2026-yilgacha ijtimoiy soliqdan tashqari barcha soliqlarni to‘lashdan ozod etildi. Ular jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilari ham daromad solig‘i to‘lamaydi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning soliqqa tortilmaydigan daromadlari miqdori oshirildi
6 may 2022, 10:48

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning soliqqa tortilmaydigan daromadlari miqdori oshirildi

Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlarga binoan nogironligi bo‘lgan shaxslarning soliqqa tortilmaydigan daromadlari miqdori oshirildi. Shuningdek, soliq imtiyozi berilgan ayrim soliq to‘lovchilari mazkur soliqlarni 1 foizi miqdorida to‘laydi. Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlarni yer solig‘idan ozod qilish muddati uzaytirildi.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
20 aprel 2022, 21:42

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Prezident qarori bilan yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bundan buyon soliq bazasini aniqlashda so‘nggi ikki yil davomida baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda o‘tkazilgan mol-mulkni baholash natijalari asos bo‘ladi.

Rasmiylar soliq qonunchiligiga ba’zi o‘zgartirishlar bo‘yicha talablarni yumshatmoqda
27 yanvar 2022, 15:22

Rasmiylar soliq qonunchiligiga ba’zi o‘zgartirishlar bo‘yicha talablarni yumshatmoqda

Soliq qonunchiligiga o‘zgartirishlar jamoatchilik va mutaxassislar tanqidini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladi. DSQ va Moliya vazirligi E-aktiv dasturidan foydalanish va QQS to‘lovchilarining tahlika-tahlili bo‘yicha talablarning yumshatilishi haqida ma’lum qildi. Shuningdek, mulk solig‘i va boshqa o‘zgarishlar bo‘yicha ham yengilliklar bo‘lishi kutilmoqda.

Aybsiz aybdorlar yoki Davlat soliq qo‘mitasiga bir nechta savol
27 yanvar 2022, 11:03

Aybsiz aybdorlar yoki Davlat soliq qo‘mitasiga bir nechta savol

Soliq qonunchiligidagi yangiliklar qanday qilib elektron hisob-fakturada kompaniya faoliyatining muvaffaqiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yangi sirli ustunning paydo bo‘lishiga olib kelganligi, ushbu ustunning qonun hujjatlariga qay darajada muvofiqligi va QQS to‘lovchilari duch kelayotgan boshqa ma’muriy muammolar haqida Vladimir Srapionov yozadi.

Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi
31 dekabr 2021, 17:06

Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlar bilan tamaki va alkogolli mahsulotlar uchun yangi stavkalar belgilandi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2 foizdan 1,5 foizga tushirildi. Talabalarga ijaraga berilgan uy-joylardan olingan daromadlar endilikda soliqqa tortilmaydi. Foydali qazilmalarni qazib olish uchun maxsus renta solig‘i joriy etildi.

Yer, suv resurslaridan foydalanganlik uchun hamda aksiz soliqlari o‘rtacha 10 foizga o‘sishi mumkin
10 dekabr 2021, 18:09

Yer, suv resurslaridan foydalanganlik uchun hamda aksiz soliqlari o‘rtacha 10 foizga o‘sishi mumkin

Deputatlar muhokama qilayotgan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga muvofiq, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda aksiz solig‘i stavkalari o‘rtacha 10 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Endi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin
15 oktabr 2021, 10:29

Endi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin

Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishga oid qonun prezident tomonidan imzolandi. Unga muvofiq, endi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin. Qolaversa, OTMlar qatorida kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlarda ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan daromadlar soliqqa tortilmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting